Kiyev Rossiya hujumidan himoyalanishga tayyorlanyapti
Olam
−
11 mart 2022 14551 1 daqiqa
Ukraina xavfsizlik kuchlari va ko‘ngillilar Kiyevni Rossiya Qurolli kuchlarining yaqinlashib kelayotgan hujumidan himoya qilishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Anadolu” xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, ikki haftalik janglar natijasida rus qo‘shinlari Ukraina poytaxti chekkasiga yaqinlashgan.
“Xavfsizlik kuchlari Kiyevning ko‘plab hududlarida nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rnatgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan harbiylar ularni suratga olishga ruxsat bermayapti. Kiyev himoyachilari o‘ta xavfli yo‘nalishlarda chuqurlar qazimoqda. Qator tumanlarda shinalardan barrikadalar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning ortida poytaxt himoyachilari rus armiyasiga qarshi kurashishga shay turibdi”, deyilgan xabarda.
Kiyev himoyachilaridan biri, 52 yoshli Andrey Chuchkalov deyarli har kuni poytaxt ko‘chalarida navbatchilik qilayotganini aytgan.
“Men o‘z yurtimni, farzandlarimni, onam va do‘stlarimni himoya qilaman. Biz Kiyevning ko‘ngillilarimiz. Bu yerda Rossiya va rus harbiylarini ko‘rishni istamaymiz. Biz faqat tinchlik xohlaymiz”, deydi erkak.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukrainaga hujumining birinchi kuni — 24 fevral erta tongda Kiyev, Xarkov va Dneprdagi harbiy infratuzilma ob’ektlariga raketa hujumlari uyushtirilgandi
Live
Barchasi