Kiyev AQSH bilan resurslar bo‘yicha kelishuv imzolashga tayyor – Shmigal

Olam

image

Ukraina “har qanday vaqtda” AQSH bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuv imzolashga tayyor. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Denis Shmigal bugun, 4 mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

U Amerika xalqiga Ukrainaga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

“Biz, takror aytaman, amerikaliklardan, Amerika xalqidan minnatdormiz. Biz Qo‘shma Shtatlar bilan mutlaqo pragmatik, iqtisodiy asosda hamkorlikni boshlash uchun tegishli investitsiya fondini yaratish bo‘yicha kelishuvni imzolashga tayyormiz. Ushbu kelishuv Ukraina hukumati tomonidan tasdiqlangan. Biz bu hamkorlikni istalgan vaqtda boshlashga tayyormiz”, dedi Bosh vazir.

Ukraina Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Kiyev uchun “strategik, muhim, o‘ta muhim hamkor”.

“Biz Qo‘shma Shtatlardan minnatdormiz va hamkorligimiz shu paytgacha bo‘lgan darajada, qat’iyatli, diplomatik va xotirjam davom etishi uchun hamma narsani qilamiz. Biz buning ustida ishlayapmiz, takror aytaman, har kuni va har kuni Prezident ma’muriyati, Kongress bilan aloqalar mavjud va bu ish davom etadi. Ishonchim komilki, biz Ukrainada tinchlikka birgalikda erishamiz”, deb ta’kidladi Shmigal.

Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni ham Denis Shmigal Ukraina hukumati “Ukraina va AQSH o‘rtasida Investitsiyalarni tiklash jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvni imzolash uchun zarur qarorlar qabul qilayotgani” haqida ma’lum qilgandi. Biroq Oq uydagi janjaldan so‘ng vaziyat o‘zgardi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Denis Shmigal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing