Kitobdagi oltin konini auksionga chiqarish kerakligi aytildi
Jamiyat
−
20 iyun 6916 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 100 gektar maydonda 20 tonna oltin zaxirasi aniqlangan. Tabiatga zarar yetkazmasdan yopiq usulda oltinni qazib olishga 100-150 million dollar pul tikaman, degan talabgorlar ko‘p. Ushbu konni ham auksionga chiqarish zarur. Bu haqda bugun, 20 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, joriy yilda Qashqadaryoga 3,5 milliard dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. O‘tgan besh oyda Koson, Kitob va Chiroqchida investitsiya qariyb 2 karra oshgani ta’kidlandi.
Shu bilan birga, viloyatdagi 12 ta konga sanoat kirib bormagan. Hozirda qurilish materiallari sohasida 150 million dollarlik 16 ta loyiha tayyorlangan. Mutasaddilarga tegishli konlarni auksionga chiqarish topshirildi.
Kitobdagi 100 gektar maydonda 20 tonna oltin zaxirasi aniqlangan. Tabiatga zarar yetkazmasdan yopiq usulda oltinni qazib olishga 100-150 million dollar pul tikaman, degan talabgorlar ko‘p. Ushbu konni ham auksionga chiqarish zarurligi qayd etildi.
Kitobdagi yana 5 ta istiqbolli maydonda 39 tonna oltin, Chiroqchida 10 ming tonna noyob metallar resursi aniqlangan. Bu maydonlarda geologiya ishlarini boshlash topshirildi.
Live
Barchasi