Kim Chen In Rossiyaga yordam berishga tayyor ekanini aytdi (video)

Olam

image

Pxenyan Moskvaga har qanday yordam berishga tayyor va buni birodarlik burchi deb biladi. Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bugun, 3 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Pekindagi uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Agar Rossiyaga yordam beradigan biror narsa bo‘lsa, biz buni albatta bajaramiz, buni birodarlik burchimiz deb bilamiz va Rossiyaga yordam berish uchun hamma narsani qilamiz”, dedi u.

Putin esa so‘nggi paytlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar o‘ziga xos, ishonchli va do‘stona, ittifoqchilik xarakteriga ega bo‘lganini qayd etib, bugungi tadbirlar doirasida Kim Chen In bilan alohida uchrashuv o‘tkazish imkoniga ega bo‘lganidan juda mamnun ekanini bildirdi. 

“Sizning tashabbusingiz bilan, ma’lumki, maxsus kuchlaringiz bizning yangi shartnomamizga to‘liq muvofiq Kursk viloyatini ozod qilishda ishtirok etdi. Askarlaringiz mardonavor va qahramonona jang qilganini alohida ta’kidlamoqchiman. Qurolli kuchlaringiz va harbiy xizmatchilaringizning oilalari tomonidan ko‘rsatilgan fidoyiliklarni hech qachon unutmasligimizni alohida ta’kidlamoqchiman.  Rus xalqi nomidan sizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Koreya Xalq Demokratik Respublikasining barcha xalqiga samimiy minnatdorchilik so‘zlarini yetkazing”, dedi Putin.

Shuningdek, Kim Chen In Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar barcha yo‘nalishlarda rivojlanayotganini qayd etdi. Uning aytishicha, Shimoliy Koreya va Rossiya ikki tomonlama munosabatlar darajasi zamon talablariga javob berishiga harakat qilishi kerak. 

“Ham tomonlama strategik sheriklik kelishuvi doirasida va ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z zimmamizga olgan majburiyatlarga muvofiq, biz qardosh rus xalqi va armiyasi bilan birgalikda kurash olib bordik. Siz, o‘rtoq Putin, bir necha bor va shu yerda ham askarlarimiz jasoratini yuksak baholaganingiz – buning uchun Rossiya Prezidentiga alohida minnatdorlik bildiraman”, dedi Kim Chen In. 

Ma’lumot uchun, Vladimir Putin ham, Kim Chen In ham Pekin shahrining Tyananmen maydonida o‘tgan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Kim Chen In

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing