Kim Chen In Putinga tabrik yo‘lladi
Olam
−
12 iyun 4803 2 daqiqa
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bugun 12 iyun kuni Rossiya kuni munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga tabrik yo‘llab, Moskvaning ichki va tashqi siyosatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy axborot agentligi xabar qildi.
Kim Chen Inning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar keng qamrovli strategik sheriklik shartnomasiga asoslangan ittifoq darajasigacha mustahkamlanmoqda. U, shuningdek, Pxenyan “hamisha Rossiya bilan birga bo‘lishini” qayd etgan.
Shu bilan birga, Rossiya kuni munosabati bilan Rossiya va Shimoliy Koreya rasmiylari sovet armiyasining halok bo‘lgan jangchilari yodgorligi va qabristoniga tashrif buyurgan. Rossiya elchixonasi esa KXDRning yuqori lavozimli amaldorlari uchun qabul marosimi o‘tkazgan.
So‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada mustahkamlandi. Bu jarayon Shimoliy Koreyaning Rossiyaning Ukrainadagi urushida ishtirok etish uchun minglab harbiy xizmatchilarni yuborishi fonida kechmoqda.
Vashington va Seul Pxenyanni Rossiyaga Ukrainada qo‘llash uchun artilleriya snaryadlari, raketalar va boshqa harbiy materiallar yetkazib berishda ayblab keladi. Biroq Moskva va Pxenyan qurol-yarog‘ yetkazib berilganini rad etmoqda.
Avvalroq, Vladimir Putinning 2024 yil iyun oyida Pxenyanga tashrifi chog‘ida ikki davlat strategik sheriklik shartnomasini imzolagan edi. Shuningdek, tomonlar ikki mamlakatni bog‘lovchi muhim quruqlik ko‘prigi qurilishi bo‘yicha ham kelishuvga erishgan.
Ma’lumot uchun, Rossiya kuni har yili 12 iyun kuni nishonlanadigan Rossiyaning asosiy davlat bayramlaridan biri hisoblanadi.
Bu sana 1990 yil 12 iyunda o‘sha paytdagi Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) Xalq deputatlari qurultoyi tomonidan Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilingan kun bilan bog‘liq. Mazkur hujjat Rossiya qonunlarining SSSR qonunlaridan ustunligini e’lon qilgan va mamlakatning mustaqil davlat sifatida shakllanishiga yo‘l ochgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In s’ezd davomida yoshlarni Koreya Mehnat partiyasi vazifalarini bajarishda asosiy kuch deb atadi va ularni Ukrainadagi urushda Rossiya tomonida turib jang qilishga targ‘ib qilgan edi.

Live
Barchasi