Xorvatiya Panamani mag‘lub etdi
Sport
−
06:01 2492 1 daqiqa
Bugun, 24 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati “L” guruhi ikkinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvda Xorvatiya terma jamoasi Panamani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Kanadaning Toronto shahrida bo‘lib o‘tgan bahsdagi yagona gol 54-daqiqada Ante Budimir tomonidan kiritildi. Uning aniq zarbasi xorvatlarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa, ikki turdan keyin Angliya terma jamoasi 4 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Xorvatiya hisobida 3 ochko mavjud bo‘lsa, Gana 1 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Panama esa hali ochko jamg‘ara olmagan.
Guruh bosqichining so‘nggi turida Panama Angliyaga qarshi maydonga tushadi. Xorvatiya esa Gana bilan bahs olib boradi. Uchrashuvlar joriy yilning 28 iyun kuniga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.