Xorazmda 43 yoshli erkak voyaga yetmagan qizni olib qochmoqchi bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum erkak Xorazm viloyati Urganch shahrida voyaga yetmagan qizni o‘g‘irlab ketishga uringani aks etgan video tarqaldi. Viloyat  Ichki ishlar boshqarmasi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 14 avgust kuni 43 yoshli fuqaro B.M. Urganch shahrida voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan. Aniqlik kiritilishicha, u 2006 yildan buyon “shizofreniya” tashxisi bilan ruhiy-asab kasalliklar dispanserida hisobda turadi.

Shuningdek, u ayni paytda viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseriga joylashtirilgan. 

“Holat Urganch shahar IIB tomonidan o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi 158-maktabning sobiq psixologi A.H.ning 3-5 sinf qizlariga nisbatan zo‘ravonlik qilgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng, 2022 yil 19 avgust kuni Mirobod jinoyat ishlari sudi A.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi bo‘yicha 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanildi. Shuningdek, uni 2 yil muddatga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlandi. 

Biroq bugun, 14 avgust kuni “Sukut saqlama” loyihasi uning ozodlikka chiqarilgani haqida xabar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm shizofreniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing