Xorazmda ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul tushlik beriladi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2021 5526 1 daqiqa
Xorazm viloyatida umumta’lim maktablarining 1-4 cinf o‘quvchilariga bepul tushlik berish joriy etiladi. Bu haqda bugun, 22 sentyabr kuni O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Xorazmga qilgan tashrifida ma’lum qildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali mustaqil oliygohga aylantiriladi. 17 ta yangi maktab quriladi, 248 tasi rekonstruksiya qilinib, kapital ta’mirlanadi.
O‘zLiDePdan prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodning 5 yillik dasturiga ko‘ra, Xorazmni rivojlantirishga 30 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda kelgusi yildan boshlab, 1-4 sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yilishiga va’da bergandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025