Xomanaiy 2 mingdan ortiq mahkumni afv etishga buyruq berdi

Olam

image

Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy ilk bor ommaviy amnistiya e’lon qildi. U 2 mingdan ortiq mahkumni afv etish yoki jazosini yengillashtirish haqida buyruq berdi. Bu haqda “Tasnim” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kichik Xomanaiy Eron sud hokimiyati rahbari G‘olyam Husayn Mohseni-Ejeiyning iltimosnomasini qanoatlantirgan. 

Eron OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda birinchi navbatda jabrlanuvchilari va jiddiy jinoiy o‘tmishi bo‘lmagan, jazo muddatining bir qismini o‘tab bo‘lgan hamda tuzalish va pushaymon bo‘lish belgilarini ko‘rsatayotgan mahkumlar afv etiladi.

Shuningdek, komissiyalar mahkumlarning yoshi, oilaviy ahvoli va jinoyat sodir etilgan sharoitni ham hisobga oladi.

Xabar qilinishicha, josuslik, mamlakatning ichki va tashqi xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan, shuningdek, jamiyat xavfsizligiga tahdid solgan shaxslar amnistiyaga jalb qilinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron rasmiylari 32 yoshli erkakni Isroil foydasiga josuslikda ayblab qatl qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

afv amnistiya Mujtabo Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing