Xoqon Fidan yana Damashqqa bordi

Olam

image

Kecha, 13 mart kuni Turkiyaning yuqori martabali delegatsiyasi Suriya poytaxti Damashqqa mamlakat rasmiylari bilan muzokaralar olib borish uchun bordi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiya delegatsiyasi tarkibi ashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan, Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler va Milliy razvedka tashkiloti (MIT) rahbari Ibrohim Kalindan iborat. Delegatsiya Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shara (Abu Muhammad al-Jo‘loniy) bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Muzokaralar kun tartibida Suriya hukumati va “Suriya demokratik kuchlari” (SDK) o‘rtasidagi kelishuv, shuningdek, sobiq prezident Bashar Asad tarafdorlari bilan hukumat kuchlari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar vaziyati muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Xoqon Fidan 2024 yilning 22 dekabr kuni Damashqda Ahmad ash-Shara bilan uchrashgandi. Uchrashuvda, shuningdek, Turkiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nuh Yilmas, Turkiyaning Damashqdagi elchixonasining muvaqqat ishlar vakili Burhon Kero‘g‘li va Suriya muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri Asad Hasan al-Shiboniy ham ishtirok etgan. 2025 yilning 4 fevral kuni esa Ahmad ash-Shara  bo‘lgan samolyot Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan aeroportga qo‘ngan. Suriya rahbari tashrifining asosiy maqsadi – Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashish bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Damashq Xoqon Fidan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing