Xitoyning tinchlik rejasi Rossiyadan boshqa hech kimga foyda keltirmaydi – Bayden

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 24 fevral kuni ABC telekanaliga bergan intervyusida Xitoy taklif qilgan Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi Rossiyadan boshqa hech kimga foyda keltirmasligini aytdi.

“Putin uni olqishlaydi. Qanday qilib u yaxshi bo‘lishi mumkin? Men hazillashmayapman, rostini aytsam: men ushbu rejada, agar u amalga oshsa, Rossiyadan tashqari, boshqa hech kimga foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan jihatni ko‘rmadim. Menimcha, Xitoy Ukraina uchun mutlaqo adolatsiz urush natijasi bo‘yicha muzokara olib boradi, degan fikrning o‘zi mantiqiy emas”, deydi AQSH rahbari.

Shuningdek, u Xitoyning Ukrainadagi urushda foydalanish uchun Rossiyaga qurol jo‘natayotgani haqida hech qanday dalil topmaganini va bunday holat bo‘ladi deb o‘ylamasligini aytgan. 

“Men bunday ish bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Biz buni hali ko‘rmadik, lekin Xitoydan Rossiyaga qurol yetkazib berish bo‘yicha biron-bir yirik tashabbus kutmayman”, degan Jo Bayden. 

Prezidentning aytishicha, agar Xitoy Rossiya Federatsiyasiga qurol yetkazib berishni boshlasa, Vashington Pekinni “chegaradan chiqqan” deb hisoblashini, nafaqat Xitoy, bu ishni qilgan har kimni ham qattiq sanksiyalar kutishini tasdiqlagan. 

Ma’lumot uchun, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Xitoy Tashqi ishlar vazirligining “Ukraina inqirozini siyosiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha Xitoy pozitsiyasi” e’lon qilinishi munosabati bilan Rossiya xitoylik do‘stlarining Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga o‘z hissasini qo‘shishga bo‘lgan samimiy istagini yuksak qadrlashini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy TIV Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha takliflar kiritilgan hujjatni e’lon qilgan edi. Prezident Zelenskiy Xitoyning vaziyatga aralashuvini ijobiy baholagan, biroq keyinchalik uning ma’muriyati bu harakatning urushni muzlatishdan boshqa narsa emasligini aytgandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing