Zelenskiyning idorasi Xitoyning tinchlik rejasini “urushni muzlatish” deb atadi
Olam
−
24 fevral 2023 8101 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Xitoyning Ukrainadagi mojaroni hal qilish rejasini tanqid qilib, bu takliflar tinchlikka eltmasligini aytdi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozgan.
“Faqat o‘t ochishni to‘xtatish va buning natijasida yangi bo‘linish chizig‘ini yartishni nazarda tutuvchi “tinchlik rejasi” umuman tinchlik haqida emas, balki u urushni muzlatish, Ukraina mag‘lubiyati, Rossiya genotsidining keyingi bosqichlari haqida. Ukrainaning pozitsiyasi uzoq vaqtdan beri ma’lum – Rossiya qo‘shinlarining 1991 yil chegaralariga olib chiqilishi", deb yozgan Podolyak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy TIV Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha takliflar kiritilgan hujjatni e’lon qilgan edi. Unda 12 band, jumladan, o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirish, xavfsizlik sohasidagi barcha mamlakatlarning qonuniy manfaatlarini hurmat qilish, Ukrainadagi gumanitar inqirozni hal qilish, Moskva va Kiyev o‘rtasida harbiy asirlarni almashish, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qarorisiz bir tomonlama sanksiyalarni qo‘llashni bekor qilish kabi bo‘limlar bor.
Alibek Beyjanov
Live
Barchasi