Xitoydagi kuchli portlash oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 11 iyun kuni tongda Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom rayoni Sin’an tumanida yuz bergan portlash oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, yana 17 kishi jarohatlandi. Bu haqda “China Daily” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan soat 01:40 da Sin’an tumanidagi Linsyan yo‘lida sodir bo‘lgan.

Hodisadan so‘ng Guylin shahri va Sin’an tumani rahbarlari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelib, politsiya, yong‘in xavfsizligi, sog‘liqni saqlash hamda favqulodda vaziyatlar xizmatlari bilan birgalikda qutqaruv ishlarini tashkil etgan.

Qutqaruvchilar hodisa joyida to‘rt marta batafsil qidiruv ishlarini olib borgan. Jarohatlangan 17 kishining barchasi shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, ularning ahvoli barqaror ekani, hayoti uchun xavf yo‘qligi ma’lum qilingan.

Ayni paytda voqea joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, portlashga gaz quvuridagi sizib chiqish sabab bo‘lmagani aniqlangan.

Huquq-tartibot organlari portlashning aniq sabablarini aniqlash bo‘yicha tergovni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dog‘istonning Qizilyurt shahridagi magistral gaz quvurida uchta katta portlash sodir bo‘lib, yirik yong‘in kelib chiqqandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing