Xitoyda uy hayvonlari uchun maxsus telekanal ishga tushirildi
Bu qiziq
−
03 aprel 1773 1 daqiqa
Xitoyning yirik texnologik kompaniyalaridan biri “Tencent” uy hayvonlari uchun mo‘ljallangan maxsus telekanal “Pet.TV”ni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda REN TV xabar qildi.
Qayd etilishicha, kanal “Tencent” video platformasi orqali 24 soat davomida uzluksiz efirga uzatiladi. Kanalni tomosha qilish pullik bo‘lib, obuna narxi oyiga 25 yuan (taxminan 44 000 so‘m)ni tashkil etadi. Kanalda “Tencent” tomonidan tayyorlangan videolar bilan birga AQSHdagi “Dog.TV” platformasining kontentlari ham namoyish etiladi.
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, kanaldagi barcha videolar hayvonlarning ko‘rish va eshitish xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Unda maxsus ranglar uyg‘unligi, kadrlar tezligi va audio chastotalar qo‘llaniladi.
Shuningdek, kontentlar hayvonlarning zotiga qarab bir necha toifalarga ajratilgan. Ayrim videolar ma’lum zotdagi itlar uchun alohida moslashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasining “Aeroflot” aviakompaniyasi uy hayvonlarini samolyot salonidagi yo‘lovchi o‘rindig‘ida tashish xizmatini sinovdan o‘tkazgandi.
Live
Barchasi