Xitoyda dunyodagi ikkinchi yirik kamyob yer metallari koni topildi
Olam
−
24 mart 7222 1 daqiqa
Xitoylik geologlar mamlakat janubi-g‘arbida, Sichuan provinsiyasining Maonyupin tumanida yirik kamyob yer metallari konini aniqladi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.
Geologiya-qidiruv ishlari davomida qo‘shimcha 9,66–9,7 million tonna kamyob yer oksidlari aniqlangan, bu hudud zaxiralarini 300 foizga oshirgan va uchastkaning umumiy tasdiqlangan resurslari hajmini qariyb 10,4 million tonnaga yetkazgan. Ko‘lamiga ko‘ra, ushbu kon Ichki Mo‘g‘ulistondagi Bayan-Obo konidan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Kamyob yer metallaridan tashqari, Maonyupinda katta miqdorda flyuorit (27,1–27,14 mln t) va barit (37,2–37,23 mln t) zaxiralari ham topilgan. Flyuorit sanoatda ftorning asosiy manbai hisoblanadi, barit esa neft qazib olishda qo‘llaniladi.
Ma’lumot uchun, Xitoy dunyo kamyob yer metallari bozorida hukmronlik qilmoqda. Jahon bo‘yicha kamyob yer metallari yetkazib berishning qariyb 70 foizi va ularni qayta ishlashning taxminan 90 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi.
Live
Barchasi