Xitoyda do‘kondagi yong‘in oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
25 yanvar
5407Xitoy sharqidagi Szyansi provinsiyasining Sinyuy shahrida sodir bo‘lgan yirik yong‘in oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi, 9 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Agentlikka ko‘ra, yong‘in kecha, 24 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 15:30 da ko‘chadagi do‘konlardan birida sodir bo‘lgan. Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan.
Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, agentlik XXR raisi Si Szinpin yong‘in sabablarini tekshirishga chaqirib, takroriy hodisalarni to‘xtatishni buyurganini yozgan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Xenan provinsiyasidagi maktab yotoqxonasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi