Xitoy va Turkiya World Boxing a’zosiga aylandi
Sport
−
13 mart 2669 1 daqiqa
Turkiya va Xitoy boks federatsiyalari World Boxing tashkilotiga a’zosi bo‘ldi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, World Boxing tashkiloti yana 6 ta mamlakat boks federatsiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ular orasida Turkiya, Xitoy, Sudan, Chernogoriya, Slovakiya hamda Gretsiya boks federatsiyalari bor.
“World Boxing Ijroiya kengashi milliy boks federatsiyalarining a’zolarini 84 davlatga ko‘paytirish bo‘yicha yana oltita arizani ma’qulladi. Bular: Xitoy, Turkiya, Sudan, Chernogoriya, Slovakiya boks va Gretsiya boks federatsiyalari”, deyiladi tashkilot xabarida.
Qayj etish joiz, O‘zbekiston ham mazkur tashkilotning rasmiy vakili sanaladi.
Live
Barchasi