Xitoy o‘z kosmik stansiyasiga ilk bor astronavtlarni jo‘natdi
Texnologiya
−
17 iyun 2021 4310 1 daqiqa
Xitoyning “Shenchjou-12” kosmik kemasi uchta astronavt bilan orbitaga muvaffaqiyatli chiqdi. Bu haqda CGTN telekanali xabar bergan.
Xabarga ko‘ra, kema olti-yetti soat ichida Xitoyning endi qurilayotgan “Tyangun” kosmik stansiyasiga yetib borishi kerak. Kosmonavtlar uch oy davomida stansiyada bo‘lishadi.
“Shenchjou-12” “Tyangun” stansiyasiga yo‘l olgan birinchi kema. Uning bortida astronavtlar
Ne Xayshen, Lyu Bomin va Tan Xunbo bor.
Uchish rejaga muvofiq, bugun, 17 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:22 da, Gansu viloyati va Ichki Mo‘g‘uliston avtonom viloyati chegarasidagi Szyutsyuan kosmodromidan amalga oshirilgan. Kosmik kemani orbitaga chiqarish uchun Long March-2F Y12 raketa tashuvchisi ishlatilgan.
Avvalroq, Xitoyning Marsga uchirgan roveri Zhurong (“Chjuchjun”) Yerga qizil sayyora sathidan bir qator suratlarni, shu jumladan selfilarini yuborgani haqida xabar bergandik.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust