Xitoy Ukrainadagi “josuslar” bilan bog‘liq vaziyatni kuzatmoqda – TIV
Olam
−
10 iyul 6072 1 daqiqa
Xitoy Ukrainada maxfiy hujjatlarni kontrabanda yo‘li bilan olib chiqishga urinishda ayblanib, qo‘lga olingan ikki fuqarosi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mao Nin bayonot berdi.
Uning aytishicha, holat nazorat ostida va Kiyev tomonidan ilgari surilgan ayblovlar hozirda tekshirilmoqda.
“Agar gap Xitoy fuqarolari haqida ketayotgan bo‘lsa, ularning qonuniy huquqlari tegishli tarzda himoya qilinishi kerak”, deydi Mao.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Xavfsizlik xizmati o‘zining qarshi razvedka bo‘linmasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining ikki nafar fuqarosi qo‘lga olinganini xabar qilgandi. Ular Ukrainaning raketa majmuasi – R-360MC “Neptun”ga oid maxfiy hujjatlarni Xitoyga noqonuniy ravishda olib chiqmoqchi bo‘lganlikda gumon qilinmoqda.
Mazkur raketa majmuasi 2022 yilning aprel oyida Rossiya Qora dengiz floti flagmani – “Moskva” kreyserini cho‘ktirishda qo‘llangani bilan tanilgan.
Live
Barchasi