Xitoy Rossiyadan Ukrainaga zarba bermaslikni so‘radi
Olam
−
17:35 1896 1 daqiqa
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Rossiya va Ukraina tomonlarini vaziyatni yanada keskinlashtirmaslikka va muzokaralar yo‘lini tiklashga chaqirdi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Xitoyning Ukraina mojarosi bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmas va aniq: mojaroni hal qilishning yagona samarali yo‘li — bu dialog va muzokaralar.
“Biz tomonlarni keskinlashuvni to‘xtatish uchun birgalikda harakat qilishga va muzokaralar uchun sharoit yaratishga chaqiramiz”, dedi Mao Ning.
Xitoy TIV bayonoti Moskva tomonidan Kiyevga zarbalar davom etayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng e’lon qilingan.
Shu bilan birga, Xitoy tomoni Kiyevdagi diplomatik xodimlarini evakuatsiya qilish rejalari bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob bermagan.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan suhbatda Rossiya Kiyevdagi harbiy maqsadlar deb hisoblangan ob’ektlarga zarbalarni davom ettirishini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning Rossiya hududlariga uyushtirgan keng ko‘lamli tungi dron hujumlari oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi. Hujumlar asosan Volgograd va Bryansk viloyatlarida qayd etilgan bo‘lib, kimyo zavodi hamda yirik neftni qayta ishlash korxonasiga zarar yetgani aytilmoqda.
Live
Barchasi