Xatolarimizni to‘g‘rilash uchun yana 90 daqiqamiz bor – Jon Stounz
Sport
−
12 fevral 2451 1 daqiqa
“Manchester Siti” markaziy himoyachisi Jon Stounz Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida “Real”ga (2:3) qarshi bo‘lib o‘tgan ilk o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bu hali yakun emas. Biz keyingi bahsda ijobiy tomonimizni ko‘rsatishimiz kerak, buni hozir qilish juda qiyin. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. Javob o‘yinida o‘zimning eng yaxshi tomonlarimni ko‘rsatish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qiladiganlardan bo‘laman. Vaziyatni to‘g‘rilash uchun ixtiyorimizda yana 90 daqiqa bor”, deydi Stounz.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” va “Real” o‘rtasidagi javob o‘yini 20 fevralga o‘tar kechasi Ispaniya poytaxti Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yindan keyin Ispaniya klubida 1 ta gol farqi bilan ustunlik bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Siti”ning “Real”ga qarshi javob o‘yinida o‘zbekistonlik Abduqodir Husanovning maydonga tushish ehtimoli oshgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi