Xalqaro koalitsiya o‘z bazalarini Iroq armiyasiga topshirishni boshladi

Olam

image

AQSH boshchiligidagi xalqaro aksilterror koalitsiyasi bugun, 30 mart kuni mamlakat shimolida, Suriya bilan chegaradagi Naynava provinsiyasida joylashgan o‘z shtab-kvartirasini Iroq armiyasiga topshirdi. Bu haqda Iroq axborot portali “Baghdad Al Youm” xabar bermoqda.

Ushbu provinsiyaning ma’muriy markazi Mosul shahri bo‘lib, Iroq hududining bir qismi ISHID tomonidan bosib olingach, jangarilar bu shaharni o‘zlarining xalifalik poytaxti, deb e’lon qilgan edi.

Portal bergan ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro koalitsiya Iroqning ba’zi provinsiyalaridan xorij harbiy kuchlarini olib chiqish jarayonida ularni Naynavada joylashtirgan. AQSH harbiylari bir vaqtning o‘zida  Iroq Kurdistonining Erbil shahri yaqinidagi bazani tezda tugatmoqda. Ishlar tugagach, ushbu baza Yaqin Sharqdagi eng yirik harbiy bazaga aylanadi.

Kecha, 29 mart kuni xalqaro koalitsiya mamlakat shimolidagi Kirkuk viloyatida joylashgan aviabazani Iroq armiyasiga topshirganini e’lon qildi. 26 mart kuni Iroqning Mosul shahridagi El-Qiyor bazasidan chet el kontingenti evakuatsiya qilindi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Iroq xalqaro koalitsiya

Baholaganlar

57

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing