Kelasi hafta ob-havo qanday bo‘ladi?
Jamiyat
−
11:58 2885 3 daqiqa
O‘zgidromet 15-22 mart kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21-22 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-17 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-16 martda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, 17-20 martda 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-21 martda 10-15 daraja iliq, 22 martda 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 va 21-22 martda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-22 martda kechasi 8-13 daraja iliqqacha, kunduzi 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 15-16 martda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, 17-20 martda 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-21 martda 10-15 daraja iliq, 22 martda 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18-19 va 21-22 martda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq; 17 martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq; 18 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 19 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 20 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 21-22 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat 16 va 20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi, 15-17 martda kechasi 7-12 daraja iliqqacha, kunduzi 18-23 daraja iliqqacha ko‘tariladi; 18 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 19 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq; 20 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq; 21-22 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 va 21-22 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi, 16-22 martda kechasi 7-12 daraja iliqqacha, kunduzi 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, faqat 16 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15 martda 0-5 daraja sovuq bo‘ladi, 16-18 martda 3-8 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 15-18 martda 5-10 daraja iliq, 19-22 martda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.