“KazTransOyl” Rossiyadan O‘zbekistonga 31,1 ming tonna neft yetkazib berdi 

Jamiyat

image

2023 yilning uchinchi choragida Qozog‘istonning "KazTransOyl" kompaniyasi "Omsk – Pavlodar – Chimkent – Shag‘ir" yo‘nalishi bo‘yicha 31,1 ming tonna Rossiya neftini O‘zbekistonga yetkazib berdi. Bu haqda "Kapital.kz" nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, birinchi chorakda kompaniya magistral neft quvurlari tizimi orqali O‘zbekistonga 10,7 ming tonna, ikkinchi chorakda esa 37,9 ming tonna Rossiya neftini tranzit qilgan. 

Oktyabr oyida Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga Rossiya neftining tranzit hajmi 25 ming tonnani tashkil qiladi. 

Kompaniya Rossiya neftini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tashish Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neft yetkazib berish jadvaliga muvofiq amalga oshirilayotganini tushuntirgan. 

"KazTransOyl" 2017 yildan boshlab magistral neft quvurlari orqali O‘zbekistonga Rossiya neftini tashishni boshlagan. 2017 yilda tranzit hajmi 67,9 ming tonnani, 2018 yilda esa 36 ming tonnani tashkil etgan. 2019-2022 yillarda esa bu jarayon to‘xtab qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

neft' KazTransOyl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing