Katta tozalash: Ronaldu bir kunda millionlab obunachisidan ayrildi
Olam
−
08 may 12793 1 daqiqa
Instagram tarmog‘i botlar va faol bo‘lmagan akkauntlarga qarshi keng ko‘lamli “tozalash”ni boshladi. Oqibatda dunyo mashhurlari va blogerlar bir necha soat ichida millionlab obunachilaridan ayrildi. Bu haqda “Yahoo Creators” xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, jami 50 millionta akkaunt o‘chirib tashlangan.
Eng katta yo‘qotish Kayli Jennerda kuzatilgan – u 15 million obunachisini yo‘qotgan. Krishtianu Ronalduda 8 million, BTS guruhi va Ariana Grandeda 7 milliondan, Selena Gomesda 6 million, Teylor Sviftda esa 5 million obunachi kamaygan.
Ommaviy tozalashga Meta kompaniyasining feyk akkauntlarga qarshi yangi tizimi sabab bo‘lgan. Endilikda algoritmlar faol bo‘lmagan sahifalar, avatar va tavsifsiz profillar, botlar orqali ochilgan akkauntlar hamda maxsus servislar orqali sun’iy ko‘paytirilgan obunachilarni qattiq nazorat bilan o‘chirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu qiymati 1,32 million dollar avtomobil sotib olgandi.