“Kasallik – bu hayotning bir sinovi”.  Bemor qanday qilib teri melanomasini yengganini aytib berdi

Biznes

image

Hayot ba’zan kutilmagan sinovlarni taqdim etadi. Ba’zi paytda bu sinovlar shunchalik og‘ir bo‘ladiki, inson o‘z kuchiga, sabriga, hatto taqdiriga ham ishonmay qo‘yadi.

Xuddi shunday sinov 68 yoshli Ravshan Normatovich Talipov bilan ham sodir bo‘ldi. Unga 2021 yilda teri saratonining eng xavfli turi – teri melanomasi tashxisi qo‘yildi.

Ammo shunday og‘ir sinovga duch kelganiga qaramasdan, Ravshan Talipov bosh egmadi, irodasi, ishonchi va to‘g‘ri tanlangan shifokor hamda zamonaviy tibbiy yordam bilan kasallikni yengishga muvaffaq bo‘ldi.

Buning barchasi 2021 yil 17 avgust kuni Ravshan Talipovning quloq yaqinidagi holi qonaganidan boshlandi. U dermatologga darhol murojaat qildi, mutaxassis esa bemorni Toshkent shahar onkologiya shifoxonasiga yo‘naltirdi.

Dastlabki tashxis – teri melanomasi (1-bosqich). Shifokorlar aniq tashxisni o‘simtani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagandan so‘nggina qo‘yish mumkinligini ma’lum qilishdi.

2021 yil 25 avgust kuni jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Tahlillar natijasida xavfli melanoma borligi tasdiqlandi. Biroq kasallikning aniq bosqichini belgilash uchun zarur uskunalar mamlakatda mavjud emas edi. Shu sababli, Ravshan Talipov va uning oilasi xorijdan yordam izlashga qaror qildi.
Ko‘p izlanishlardan so‘ng ular Turkiyaning “Anadolu” tibbiy markazini tanlashdi. Bu qaror sababsiz emas edi, klinika AQSHning mashhur Johns Hopkins Medicine markazi bilan hamkorlik qiladi, xalqaro protokollarga asoslangan ilg‘or davolash tizimiga ega hamda har bir bemorga alohida e’tibor bilan yondashadi.

2021 yil 11 oktyabr kuni Ravshan Talipov “Anadolu” klinikasida onkolog doktor Sinan Karaaslan qabulida bo‘ldi. Barcha zarur tahlillar o‘tkazilgandan so‘ng, limfa tugunlarida metastazlar aniqlandi.

Jarrohlik amaliyoti davomida 23 ta limfa tuguni olib tashlandi. Keyinchalik bemorga target terapiya, so‘ng esa immunoterapiya tavsiya etildi. Har 21 kunda o‘tkazilgan muolajalar natijasida u asta-sekin sog‘ayib, kuch va ishtiyoqni qayta his eta boshladi.

2022 yilda yana bir jarrohlik amaliyoti – quloq yaqinidagi so‘lak bezini olib tashlash amalga oshirildi. Shundan so‘ng, davolash jarayoni qayta ko‘rib chiqilib, immunoterapiya davom ettirildi.

Hozirda Ravshan Talipov har olti oyda “Anadolu” klinikasida nazorat ko‘rigidan o‘tib kelmoqda va o‘zini juda yaxshi his qilmoqda.

“Eng muhimi – hech qachon umidni yo‘qotmaslik. Kasallik – bu hayotning bir sinovi, ammo inson irodasi, ishonchi va zamonaviy tibbiyotning yutuqlari bilan har qanday og‘ir holatni yengish mumkin. “Anadolu” klinikasining fidokor jamoasi menga sog‘lom hayotning ikkinchi imkonini berdi”, deydi Ravshan Talipov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, onkolog Sinan Karaaslan, plastik jarrohlar, hamshiralar va ayniqsa, koordinator Melike Haydar uning sog‘ayishida muhim rol o‘ynagan.

 

“Ular bemorlarni faqat davolamaydilar, balki ularga umid va ishonch baxsh etadilar”, deydi u minnatdorlik bilan.

“Anadolu” tibbiy markazi bugungi kunda Turkiyadagi yetakchi onkologik muassasalardan biri bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan bemorlarga xalqaro standartlar asosida davolash xizmatlarini taqdim etadi.

“Anadolu” klinikasining O‘zbekistondagi rasmiy vakolatxonasi manzili:

Toshkent shahri, Rakat ko‘chasi 10/25

Telefonlar:
+998 (99) 117 76 66
+998 (55) 518 23 33
+90 (530) 954 30 22

Elektron pochta: anadolu.tashkent@anadolusaglik.org
Veb-sayt: anadolumedicalcenter.ru

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

klinika Anadolu Ravshan Talipov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing