Kasablanka, Madrid va Barselona JCH–2030 finali uchun kurashmoqda
Sport
−
23 Oktabr 1858 2 daqiqa
2030 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finaliga mezbonlik uchun Kasablanka, Madrid va Barselona shaharlari o‘rtasida kurash kechmoqda. Bu haqda Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Louzanga tayanib, “Onefootball” nashri xabar berdi.
Louzanning so‘zlariga ko‘ra, 2030 yilgi mundial finalini o‘tkazish uchun nomzodlar ro‘yxati faqat shu uchta yirik shaharga qisqartirilgan. Bu bayonot Ispaniya, Portugaliya va Marokash tomonidan birgalikda tashkil etiladigan turnir tayyorgarligining navbatdagi muhim bosqichi sifatida qayd etildi. Kasablankaning ro‘yxatga kiritilishi ushbu mamlakatning musobaqani o‘tkazishdagi faol ishtirokini va final mezbonligini qo‘lga kiritishga bo‘lgan kuchli intilishini ko‘rsatadi.
Endi uchala shahar FIFA'ni ishontirish uchun o‘z infratuzilmasi, texnik imkoniyatlari va tashkiliy rejalari bo‘yicha takliflarini taqdim etadi.
Madrid tomoni ushbu holat yuzasidan “Santyago Bernabeu” stadioni atrofidagi yerosti avtoturargoh loyihasini amalga oshirmoqchi edi, biroq Madrid Oliy sudi ushbu loyihani bekor qilganini ma’lum qildi. Shuningdek, RFEF prezidenti Rafael Louzan “Bernabeu” stadioni atrofida infratuzilmani yaxshilash zarurligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, 2030 yilgi Jahon chempionati finali o‘tkaziladigan shahar haqidagi yakuniy qaror FIFA tomonidan keyingi yillarda, texnik va tashkiliy tahlillar yakuniga yetgach, e’lon qilinadi. Madrid, Barselona va Kasablanka o‘rtasidagi bu raqobat nafaqat sport nuqtai nazaridan, balki iqtisodiy va imij jihatdan ham katta ahamiyat kasb etadi.
Live
Barchasi