Kar haydovchi tahqirlangan video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
07 aprel 7296 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki kishi kar haydovchini haqorat qilgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, aslida rul boshqaruvida kar haydovchi bo‘lmagan. Uch nafar “shovvoz” videotasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Bu holat tarmoq foydalanuvchilarining o‘rinli e’tiroziga sabab bo‘lgan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida huquqbuzarlar topilib, ularning ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqilgan. Ushbu holat yuzasidan avtomashina boshqargan haydovchiga nisbatan 8 sutka, ichida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchiga nisbatan 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu avtoulovni boshqargan haydovchining hali haydovchilik guvohnomasiga ega emasligi aniqlanib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi (Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtinchalik jarima maydonchasiga olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Chilonzor tumanida jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzib, yarim yalang‘och yurgan erkak 10 sutkaga qamalgandi.
Live
Barchasi