Kanadadagi JCH ochilishi qanday o‘tdi? (fotoreportaj)
Sport
−
13 iyun 4066 2 daqiqa
Kanadadagi 2026 yilgi Jahon chempionati ochilish marosimi 12 iyun kuni Toronto shahridagi “Bimo Fild” stadionida Kanada — Bosniya va Gersegovina uchrashuvidan oldin bo‘lib o‘tdi. Bu mundial tarixidagi ilk holat bo‘lib, mezbon uch davlat — Meksika, Kanada va AQSHning har birida alohida ochilish marosimi tashkil etildi.
Marosim Kanadaning madaniy xilma-xilligi va mamlakatning “bir sohildan ikkinchi sohilgacha” bo‘lgan tarixini aks ettiruvchi maxsus shou bilan boshlandi. Tadbirda mahalliy xalqlar vakillari ishtirok etdi, maydon markaziga esa ulkan oltin rangli futbol to‘pi o‘rnatildi.
Ochilish marosimida Kanadaning mashhur san’atkorlari qatnashdi. Jumladan, Maykl Buble, Alanis Morissett, Alessiya Kara, Jessi Reyez, Nora Fatexi, Elianna, Vegedrim va Uilyam Prins chiqish qildi. Shuningdek, aktyor Uill Arnett ham marosim mehmonlaridan biri bo‘ldi.

Nora Fatexining sahnadagi chiqishi ayniqsa katta qiziqish uyg‘otdi. U “Siir Siir” qo‘shig‘ini ijro etib, tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Maykl Bublening chiqishi esa ijtimoiy tarmoqlarda turlicha baholandi. Stadiondagi muhit ko‘tarinki bo‘lgan bo‘lsa-da, ayrim muxlislar qo‘shiq tanlovini tanqid qilishdi.

Qariyb 46 ming muxlisga mo‘ljallangan arenada tadbir katta qiziqish bilan qarshi olindi, ammo tomoshabinlar soni bo‘yicha rasmiy ma’lumot hozircha e’lon qilinmagan.

Marosimdan so‘ng maydonga tushgan Kanada terma jamoasi Bosniya va Gersegovina bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va mamlakat tarixidagi o‘z maydonidagi ilk Jahon chempionati bahsidan bir ochko oldi.
.jpg)
Live
Barchasi