Kanadada JCH paytida aholiga uydan ishlash tavsiya qilinmoqda

Sport

image

Vankuver va Toronto rasmiylari aholiga Jahon chempionati davomida iloji boricha shaxsiy transportdan foydalanmaslikni maslahat bermoqda. Bu haqda “The Globe and Mail” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Toronto rasmiylari bu chorani o‘tgan yilgi “Toronto Blyu Jeys” va “Los-Anjeles Dodjers” o‘rtasidagi Jahon seriyasidagi beysbol o‘yini paytida yo‘l harakati tirbandligini hisobga olgan holda tavsiya qilmoqda.

2026 yilgi Jahon chempionati o‘yinlari uchun Vankuverga 350 000 dan ortiq, Torontoga esa 300 000 dan ortiq sayyoh borishi kutilmoqda. Aholisi 600 000 dan sal ko‘proq bo‘lgan Vankuver uchun bu shahar infratuzilmasiga ayniqsa katta yuk bo‘ladi. Vankuver shahri beshta guruh bosqichi o‘yinlariga hamda ikkita pley-off o‘yiniga (1/32 va chorak final) mezbonlik qiladi. Toronto esa beshta guruh bosqichi o‘yini va bitta pley-off o‘yiniga (1/32 final) mezbonlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati joriy yilning 11 iyundan 19 iyulgacha Qo‘shma Shtatlar, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham o‘z tarixida ilk bor ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Vankuver Toronto

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing