Kanada AQSH ustidan JSTga shikoyat qildi

Olam

image

Kanada rasmiylari Jahon Savdo Tashkilotining (JST) nizolarni hal qiluvchi organiga AQSH bojxona to‘lovlari ustidan shikoyat qildi. Bu haqdagi ma’lumotlar tashkilot saytida e’lon qilingan.

“Kanada JST ishida Qo‘shma Shtatlar tomonidan Kanada tovarlariga joriy qilingan yangi tarif choralari bo‘yicha AQSH bilan maslahatlashishni so‘radi”, deyiladi xabarda.

So‘rov bir kun avval, 5 mart kuni JST a’zolariga yuborilgan. Hujjatda aytilishicha, Kanada AQSHning energetika bo‘lmagan tovarlarga 25% va energetika tovarlariga 10% bojlarini 1994 yildagi Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh kelishuv hamda JSTning Savdoni osonlashtirish to‘g‘risidagi bitimini buzish deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni Kanadadan AQSHga olib kiriladigan tovarlarga 25 foizlik bojlar joriy etilgandi. Bunga javoban Ottava Amerika tovarlariga xuddi shunday tariflarni e’lon qildi. Keyin Donald Tramp Kanada mahsulotlariga tariflarni ikki baravar oshirishga va’da berdi va Jastin Tryudo Amerika Prezidentini savdo urushini boshlashda aybladi.

Pekin ham tariflar bo‘yicha Vashingtonga qarshi JSTga da’vo arizasi berdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh JST Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing