Kambag‘al bo‘lishga haqimiz yo‘q – Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikdan qutulish yo‘llarini aytdi
Jamiyat
−
27 iyun 2020
9007Kecha, Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy ishlarning borishi, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari aholi bandligi va farovonligini ta’sinlashga qaratilgan loyihalar bilan tanishish va yangi vazifalarni belgilash maqsadida Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Prezident tashrifini Pop tumanidan boshladi. Davlat rahbari dastlab “Nuran uz” meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.
“Mana shu pandemiya inqirozi kim nimaga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Odamni rozi qilish kerak. Rahbarlar odamni rozi qila oladimi? Rozi qilish qodirlikdan dalolatdir. Katta-katta korxonalar qilish, katta-katta mahsulot chiqarish mumkin. Uyam kerak. Lekin odamni rozi qilish uchun oddiy-oddiy odamlarning ichiga kirish kerak. Oldin ularga e’tibor qilmasdik emas, e’tibor qilmoqchi bo‘lardik, ammo qo‘limiz kalta edi. Imkoniyatimiz yo‘q edi. Odamlar o‘z qishlog‘ida ish joyini infrastruktura qilib, kun o‘tishini yaratib berishimiz zarur. Har bir insonga ertangi kunga ishonchini ta’minlab berishimiz lozim. Mana shu bizning eng katta maqsad va mudaaoimiz.
Eng katta narsa Namanganda ekologik toza mahsulot borligi, mana bunday havo, mana bunday suv hamma yerda ham bor emas. Eng katta yo‘tug‘imizki, namanganliklar “qilsa bo‘lar ekan”, degan fikrni amalda ko‘rsatib berishdi. Mana shu cho‘lda shunday o‘rik, meva qilsa bo‘lar ekan-ku. Mehnat bilan bo‘ladi. Odamlar ko‘rishi kerak. Har bir inson mehnat qilsa, natija bo‘lishini tasdiq qilishi lozim.
Kambag‘al bo‘lishga haqqimiz yo‘q. Boshqa joylarda ham tadbirkorlar uyg‘onishi kerak. O‘tiravergan bilan natijaga hech kim erishmagan. Mehnat, tinimsiz harakat qilsak, natijaga, albatta, erishamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
LiveBarchasi