“Kalmar o‘yini” filmining ikkinchi mavsum aktyorlari va tizeri e’lon qilindi

Madaniyat-san’at

image
“Kalmar o‘yini” real hayotga ko‘chyapti north_east

“Kalmar o‘yini” real hayotga ko‘chyapti

Janubiy Koreya tomonidan suratga olingan “Kalmar o‘yini” filmining ikkinchi mavsum tizeri hamda unda ishtirok etgan aktyorlar tarkibi e’lon qilindi. Bu haqda “Film.ru” sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, filmning ikkinchi mavsumida “Emmi” mukofoti sovrindori Li Jong-Je, Li Byon Xun, Vi Ha-Jun va Gong Yu kabi aktyorlar ishtirok etgan. Serialning ikkinchi mavsumi uchun hozircha aniq bir nom belgilanmagan. Hozircha film nomi uchun “Im Si Van” (“O‘g‘irlangan shaxs”), “Kan Xa Nul” (“Yugurayotgan odam”), “Park Sung-Vun” (“Ov”) yoki “Yang Dong Geun” (“Noma’lum manzil”) kabi bir necha variantlar taqdim qilingan.

Film syujetida yana pul mukofotiga ega bo‘lish uchun shafqatsiz o‘yinlar tasvirlangan. Yangi serialning aniq chiqish sanasi hozircha noma’lum. Filmning ilk qismi 2021 yil sentyabrida debyut qilingan edi. Film Netflix tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan serialga aylanib, birinchi oyning o‘zida 1,65 milliard soat tomosha qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Netflix Kalmar o'yini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made