Kaliforniyada AQSHning bombardimonchi samolyoti quladi. O‘nga yaqin qurbon bor

Olam

image

AQSHning Boeing B-52 Stratofortress strategik bombardimonchi samolyoti 15 iyun kuni Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahri shimolida halokatga uchradi. Bu haqda AQSHning Edvards harbiy-havo bazasi rahbariyati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida sakkiz kishi bo‘lgan. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, halokatdan omon qolishning imkoni bo‘lmagan.

Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da parvozga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan. Hozirda voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda va fojia sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

B-52 Stratofortress — AQSHning uzoq masofaga mo‘ljallangan ko‘p maqsadli strategik bombardimonchi samolyoti hisoblanadi. Uni Boeing kompaniyasi ishlab chiqqan bo‘lib, u yadroviy va oddiy qurollar bilan uzoq masofadagi nishonlarga zarba berishga mo‘ljallangan.

Bunday samolyotni boshqarish uchun odatda besh kishidan iborat ekipaj talab etiladi. Hozirda AQSH Qurolli kuchlari tarkibida 76 ta B-52 bombardimonchi samolyoti mavjud. Ushbu samolyotlar, jumladan, AQSHning Erondagi nishonlarga bergan zarbalarida ham qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Missuri shtatida sodir bo‘lgan aviahalokat oqibatida 11 nafar parashyutchi va 1 uchuvchi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing