Kabo-Verde Urugvayni qoldirib, pley-offga chiqdi
Sport
−
07:10 2088 1 daqiqa
Bugun, 27 iyun kuni Kabo-Verde milliy terma jamoasi Jahon chempionati “H” guruhi 3-turida Saudiya Arabistoni bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa, Kabo-Verde ilk mundialidayoq pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.
Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etayotgan Kabo-Verde guruh bosqichini 3 ochko bilan yakunlab, ikkinchi o‘rin orqali pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Qizig‘i, jamoa bu natijaga birorta ham g‘alaba qozonmasdan erishdi. Avvalgi turlarda ular Ispaniya bilan 0:0 va Urugvay bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan edi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida Ispaniya Urugvayni 1:0 hisobida mag‘lub etib, 7 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Urugvay esa 2 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi va eng yaxshi uchinchi o‘rinni egallagan sakkiz jamoa qatoriga kira olmagani uchun musobaqani tark etdi.
Saudiya Arabistoni ham 2 ochko to‘pladi, ammo to‘plar nisbati bo‘yicha Urugvaydan ortda qolib, guruhda so‘nggi o‘rinni band etdi.
Endilikda Kabo-Verde pley-offning birinchi bosqichida amaldagi jahon chempioni Argentinaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv joriy yilning 4 iyul kuni AQSHning Florida shtati, Mayami shahrida o‘tkaziladi.
Ispaniya esa 1/16 finalda “J” guruhida ikkinchi o‘rinni egallaydigan Avstriya yoki Jazoir terma jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 2 iyul kuni AQSHning Kaliforniya shtatidagi Inglvud shahrida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi