Kabo-Verde darvozabonining obunachilari soni portladi
Sport
−
16 iyun 5524 1 daqiqa
Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya 2026 yilgi Jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi muvaffaqiyatli o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda katta mashhurlikka erishdi.
Kecha, 15 iyun kuni Kabo-Verde o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining final bosqichida maydonga tushdi va amaldagi Yevropa chempioni Ispaniya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. AQSHning Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan “H” guruhi bahsida 40 yoshli Vozinya 7 ta seyv amalga oshirib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O‘yindan avval darvozabonning Instagram sahifasida 46 ming nafar obunachi mavjud edi. Ispaniyaga qarshi bahsdan keyin esa uning kuzatuvchilari soni keskin oshib, ayni damda 5,2 million nafarga yetdi va bu ko‘rsatgich oshib bormoqda.
Uchrashuvdan so‘ng, dunyoning turli mamlakatlaridan 10 minglab futbol muxlislari Vozinyaga qo‘llab-quvvatlov bildirib, uni ajoyib o‘yini bilan tabrikladi. Darvozabonning Ispaniyaga qarshi ko‘rsatgan ishonchli harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.