Qrimdagi yoqilg‘i omboriga harbiy dron quladi

Olam

image

Bugun, 29 aprel kuni Qrimning Sevastopol port shahridagi yoqilg‘i saqlash omborida uchuvchisiz uchish qurilmasi zarbasi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda shahar gubernatori Mixail Razvojayev ma’lum qildi. 

Uning aytishicha, mutaxassislar hududni o‘rganib chiqqan va “faqat bitta dron neft omboriga yetib bora olgani ma’lum bo‘lgan. Yana bir dron esa urib tushirilgan, uning qoldiqlari terminal yaqinidagi qirg‘oqdan topilgan. 

Ukraina harbiy razvedkasi vakili Andrey Yusov Rossiya Qora dengiz flotida foydalanish uchun mo‘ljallangan, sig‘imi 40 ming tonnaga yaqin bo‘lgan 10 dan ortiq neft mahsulotlari yo‘q qilinganini ma’lum qilgan. Biroq u hodisa uchun Ukraina javobgarligini da’vo qilmagan, aksincha, portlashni Rossiyaning 28 aprel kuni Ukraina shaharlariga bergan zarbasi uchun unga berilgan “Xudoning jazosi” deb ta’riflagan. Ukraina qurolli kuchlari matbuot kotibi ham yong‘in uchun Ukraina javobgar ekanligi haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytgan. 

Rossiya tomonidan Qrim rahbari etib tayinlangan Sergey Aksyonov esa havo hujumidan mudofaa va elektron urush kuchlari Qrim yarim oroli uzra ikkita dronni urib tushirganini ma’lum qilgan.

“Talofatlar va vayronagarchiliklar yo‘q”, degan u Telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrimga qarshi hujum boshlayotganini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Qrim Sevastopol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing