Qozog‘istonda yana bir vazir ishdan olindi. Oqo‘rda izoh berdi
Olam
−
29 Sentabr 2025 5926 2 daqiqa
Qozog‘istonda so‘nggi kunlarda ko‘plab kadrlar o‘zgarishi kuzatildi, To‘qayev ayrim mansabdorlarni ishdan oldi. Bu o‘zgarishlarga Prezident matbuot kotibi Ruslan Jeldibay izoh berdi.
U buni hukumat faoliyatining muhim sohalarida samaradorlikni oshirish uchun “odatiy kadrlar almashinuvi” deb atadi.
“Davlatimiz rahbari o‘zining yaqinda bo‘lib o‘tgan murojaatnomasida milliy iqtisodiyotga qo‘shimcha sarmoyalarni jalb qilish borasidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratdi. Bu muhim soha uchun mas’uliyatli, tajribali diplomat Murat Nurtleu zimmasiga yuklandi. Prezident yordamchisi sifatida u xalqaro savdo va sarmoyaviy hamkorlikni jadallashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning oliy darajadagi vakillari, shuningdek, yirik xorijiy kompaniyalar rahbarlari bilan aloqalarni rivojlantiradi”, deb yozadi Jeldibay o‘zining Telegram sahifasida.
2023 yilning aprel oyidan buyon bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlab kelgan Nurtleu 26 sentyabr kuni lavozimidan ozod etilgan va Prezidentning xalqaro investitsiyalar va savdo hamkorlik masalalari bo‘yicha yordamchisi etib tayinlangan edi. Yermek Kosherbayev yangi Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi.
Jaslan Madiyev Bosh vazir o‘rinbosari, sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri etib tayinlandi. Unga Qozog‘istonni raqamli davlatga aylantirish vazifasi qo‘yilgan.
“Prezident unga strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim ishlar yuzasidan topshiriqlar berdi”, dedi Jeldibay.
Majlis deputati Yulduz Sulaymonovaning Xalq ta’limi vaziri etib tayinlanishi haqida Ruslan Jeldibay u faol jamoatchilik vakili va ta’lim sohasida katta tajribaga ega ekani bilan tanilganini ta’kidladi. Bungacha G‘ani Beysembayev ushbu lavozimda ishlagan, biroq u bugun, 29 sentyabr kuni ishdan bo‘shatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligini Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligiga aylantirgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025