Qozog‘istonda o‘quvchi qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik umrbod qamoqqa hukm qilindi
Olam
−
04 Sentabr 11683 1 daqiqa
Qozog‘istonning Turkiston viloyati Keles tumanida 8-sinf o‘quvchisini ko‘p marta zo‘rlagan 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga hukm chiqarildi. Sud uni aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Ayblanuvchi o‘z aybini tan olmadi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Turkiston viloyati ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudiga ko‘ra, erkak “Zo‘rlash” moddasi bo‘yicha gumon qilingan. Sudlanuvchi Qozog‘iston Respublikasiga 2024 yil o‘rtalarida qurilish ishlarini olib borish uchun borgan.
Qayd etilishicha, Keles tumanidagi xonadonlardan birida ish bilan shug‘ullanar ekan, qo‘shni xonadondagi 2011 yilda tug‘ilgan qizning ahvolidan foydalanib, u bilan bir necha marta jinsiy aloqada bo‘lgan.
Prokuror unga umrbod qamoq jazosini talab qildi, sud buni to‘liq qanoatlantirdi. Ayblanuvchining o‘zi esa aybini tan olmadi.
Sud sudlanuvchini Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 120-moddasi 4-qismi bilan aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Hukm 25 avgust kuni e’lon qilingan. Ayblanuvchining apellyatsiya berish yoki bermasligi hozircha noma’lum. Hukm hali qonuniy kuchga kirgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Rossiyaning Leningrad viloyatida taksichilik bilan shug‘ullanuvchi 26 yoshli o‘zbekistonlik migrant 16 yoshli qizni zo‘rlashda gumonlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr