Qozog‘istonda bekor qilingan parvoz uchun kompensatsiya olish osonlashadi

Olam

image
Eksportchilarning transport xarajatlarini kompensatsiya qilish to‘xtatildi north_east

Eksportchilarning transport xarajatlarini kompensatsiya qilish to‘xtatildi

Qozog‘istonda parvozlar kechikadigan holatlar uchun raqamli sug‘urta paydo bo‘ladi. Shuningdek, mamlakat aviatsiya yoqilg‘isi narxini pasaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vaziri o‘rinbosari Talgat Lastayev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda yo‘lovchilar uchun biometrik identifikatsiyalashni joriy etish va parvozlar kechikishi uchun kompensatsiya olish jarayonini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Mamlakatdagi aeroportlarda E-freight yuk tashishda elektron hujjat aylanish tizimi va API/PNR havo yo‘lovchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash loyihalari allaqachon amalga oshirilgan. Shuningdek, aeroportlarda E-doc -aeroport tizimi ishlaydi. Bu esa yo‘lovchilarga qog‘oz hujjatlarni ko‘rsatmasdan ro‘yxatdan va nazoratdan o‘tish imkonini beradi.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, yo‘lovchilarni biometrik identifikatsiya qilish, parvoz vaqti va yoqilg‘i sarfini qisqartirish uchun yo‘nalishni optimallashtirish, parvozlar kechikkanda raqamli sug‘urta xizmati ko‘rsatilmoqda. Bu aviachiptalarni sotish ilovasida joriy qilingan maxsus xizmat bo‘lib, yo‘lovchilarga kechikishlarni sug‘urtalash va parvoz kechiktirilgan taqdirda to‘lovlarni bir zumda qaytarib olish imkonini beradi.

Lastayev transportni rivojlantirish uchun aviatsiya yoqilg‘isi yetarli miqdorda va raqobatbardosh narxda zarurligiga e’tibor qaratdi. Shu munosabat bilan Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi hamda Energetika vazirligi hamkorligida aviatsiya yoqilg‘isi tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarishni ko‘paytirish va JETA-1 standartlariga o‘tish, yetkazib berishda vositachilarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda “xorijiy agentlar” haqidagi qonun qabul qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Talgat Lastaev kompensatsiya olish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing