Qozog‘iston Ukrainadagi urush fonida dronlar uchuvchilarini o‘qitmoqchi

Olam

image

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Ukrainadagi qurolli mojaroning xususiyatlarini tahlil qilib, uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari va artilleriya bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining malakasini oshirishni kuchaytirdi. Bu haqda bugun, 23 fevral kuni jurnalistlarga respublika Mudofaa vaziri o‘rinbosari Sulton Kamaletdinov ma’lum qildi. 

“Barcha davlatlarning qurolli kuchlari, albatta, tahlil qiladi, jangovar harakatlar borishini kuzatadi. Tegishli xulosalar chiqariladi. Bir-biriga o‘xshash qurolli to‘qnashuvlar yo‘q, har birining o‘ziga xos xususiyatlari bor. Shuning uchun biz tahlil qilamiz, ko‘ramiz, tegishli xulosalar chiqaramiz, jangovar tayyorgarlik dasturiga o‘zgartirishlar kiritamiz”, deydi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, xususan, Qozog‘iston armiyasida uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlarini jadalroq o‘qitish boshlangan.  

“Chunki bu qurolli to‘qnashuv dronlar ham razvedka faoliyatida, ham zarba berish amaliyotlarida faol qo‘llanilayotganini ko‘rsatadi”, deya tushuntirdi u. 

Yana bir misol sifatida Kamaletdinov artilleriya qo‘shinlarini keltirdi.  

“Raketa artilleriya qo‘shinlaridan foydalanish eng keng tarqalgan, shuningdek, jangovar tayyorgarlik jarayonida xususiyatga aylandi”, deya qo‘shimcha qildi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi rahbari o‘rinbosari.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing