Qozog‘iston shaharlari 3G’dan voz kechmoqchi

Olam

image

Qozog‘istonning yirik shaharlarida 3G aloqa texnologiyasi to‘liq ravishda 4G’ga almashtiriladi. Bu haqda bugun, 21 oktyabr kuni hukumat yig‘ilishida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, yig‘ilishda mobil internet sifatini oshirish maqsadida barcha yirik shaharlarda eskirgan 3G texnologiyasini 4G bilan to‘liq almashtirish rejalashtirilgan va bu jarayon joriy yilning oxirigacha yakunlanishi aytilgan.

Shuningdek, mamlakatda milliy Wi-Fi operatori tashkil etilishi ham ma’lum qilingan. Ushbu loyiha doirasida ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarda – chegara punktlari, aeroportlar, temiryo‘l va avtovokzallar, maktablar hamda tibbiyot muassasalarida ommaviy Wi-Fi nuqtalari o‘rnatiladi. 

Bundan tashqari, VoWiFi texnologiyasi joriy qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, u Wi-Fi orqali ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bu orqali signal zaif bo‘lgan hududlarda ham aloqa yaxshilanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Pekin shahri yaqinidagi Syun’an tumanida ilk keng polosali 10G tarmog‘i ishga tushirilgandi. Tarmoqda foydalanishda kechikishi atigi 3 millisekund bo‘lib, bu rekord darajada tezlikni anglatadi. Misol uchun, ikki soatlik 8K formatdagi filmni bor-yo‘g‘i 72 soniyada yuklab olish mumkin.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston aloqa 3G 4G

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing