Qozog‘iston Prezidenti Administratsiyasi rahbari ishdan olindi

Olam

image

Bugun, 5 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Oybek Dadebayni Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etdi. Bu haqda “Oqo‘rda” xabar berdi
 
Davlat rahbarining farmoni bilan Oybek Dadebay boshqa lavozimga o‘tkazilgani sababli Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan bo‘shatilgan. Hozircha Dadebay qayerda ishlashi aniq aytilmagan. Uning o‘rnini Roman Sklyar egallagan. U bunga qadar Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Roman Sklyar

Ma’lumot uchun, Oybek Dadebay 2024 yil fevral oyida Prezident Administratsiyasiga rahbar etib tayinlangan edi. Undan oldin bu lavozimni Oljas Bektenov egallagan bo‘lib, u hozirda Bosh vazir lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Dadebay 1980 yil 1 aprelda Olmaota shahrida tug‘ilgan. U Abilayxon nomidagi Qozog‘iston xalqaro munosabatlar va jahon tillari universitetini tamomlagan. Shuningdek, mintaqashunoslik bo‘yicha magistr darajasiga ega. Mehnat faoliyatini 2001 yilda boshlagan va bu davr davomida Senat raisi kotibiyatida rahbar o‘rinbosari va rahbar lavozimlarida ishlagan. 2019–2021 yillarda esa Qozog‘iston Respublikasi Prezident kanselyariyasi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Prezident Administratsiyasi Roman Sklyar Oybek Dadebay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing