Qorao‘zakda tug‘ilgan uch egizak o‘g‘ilga ism tanlashda “an’ana”dan voz kechildi. Endi Sobalt nima bo‘ladi?
Jamiyat
−
09 iyul 2019 11305 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumanida 7 iyul kuni uchta egizak farzand dunyoga keldi. Ma’lum qilinishicha, hozirda uch egizak va ularning onasining holati juda yaxshi.
Xabaringiz bor, keyingi paytlarda uchta tug‘ilgan egizaklarga Shavkat, Miromon, Mirziyo ismlarini qo‘yish va ularning ota-onasiga Sobalt avtomobilining berilishi urfga aylanib borayotgan edi. Ammo, Qorao‘zakda tug‘ilgan egizaklarning ota-onasi Ruslan Bazarbayev va Gulsara Yesenbayevalar bolalarga yaxshi niyatlar bilan Habibulla, Hamidulla va Xalilulla deb ism qo‘ygan.
Ma’lumot uchun, farzandlarning otasi Ruslan “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan tadbirkorlikni boshlashi uchun berilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan xususiy tadbirkorligini yuritib kelayotgan bo‘lsa, egizaklar onasi Gulsara turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Ularning birinchi farzandi Alpamis hozirda besh yoshda.
Live
Barchasi