Qorabog‘dagi jangovar harakatlarda halok bo‘lganlar soni ochiqlandi
Olam
−
21 Sentabr 2023 6917 2 daqiqa
Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlar oqibatida kamida 200 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ Ombudsmani Gegam Stepanyan ma’lum qildi.
“20 sentyabr kuni soat 21:30 holatiga ko‘ra, kamida 200 kishi halok bo‘lgan va 400 dan ortiq odam yaralangan”, deb yozgan Stepanyan X ijtimoiy tarmog‘ida.
Uning qayd etishicha, tinch aholi orasida yaralanganlar soni 40 kishidan oshgan, ulardan 13 nafari bolalardir.
Halok bo‘lgan 10 nafar tinch aholi vakillarining yarmi bolalar bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash maqsadida” mahalliy aksilterror choralari boshlanganini e’lon qilgandi. Baku tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi nishon emasligini ta’kidlagandi. Keyinchalik Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xavfli hududdan aholini evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklar va qabul punktlari yaratilganini bildirgan. Voqealar fonida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazib, (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilgan. Majlisdan so‘ng, Pashinyan Armaniston Ozarbayjonning Qorabog‘ hududidagi harbiy amaliyotlarda qatnashishini rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. Fransiya esa BMT Xavfsizlik kengashining Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilishini talab qildi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida Ozarbayjonning (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qilib, tomonlarni muzokaralar stoliga chaqirdi. 20 sentyabrga kelib Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lum shartlar asosida aksilterror harakatlari to‘xtatilganini e’lon qildi. Shundan so‘ng, Nikol Pashinya Armaniston xalqiga murojaat yo‘lladi.
Live
Barchasi