Qonga botgan G‘azo: Isroil 73 ming insonning boshiga yetdi
Olam
−
18:52 331 1 daqiqa
Isroilning 2023 yil oktyabridan buyon G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 377 nafarga yetdi. Bu haqda G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikning yozma bayonotida 2023 yil oktyabridan buyon davom etayotgan hujumlar oqibatidagi qurbonlar bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilingan. Unga ko‘ra, so‘nggi 48 soat ichida Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan ikki kishining jasadi hamda 19 nafar yarador G‘azodagi shifoxonalarga olib borilgan.
Ma’lumotda qayd etilishicha, 2025 yil 10 oktyabrda kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1 252 kishi halok bo‘lgan, 4 120 kishi jarohatlangan. Shuningdek, vayronalar orasidan yana 804 kishining jasadi olib chiqilgan.
Shu tariqa, 2023 yil oktyabridan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 377 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 174 230 nafarga yetgan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo sektoridagi vayronalar ostida hali ham minglab jasadlar qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni Germaniyaning Gamburg shahrida G‘azo sektoridagi urush oqibatida halok bo‘lgan bolalar xotirasiga bag‘ishlangan ramziy tadbir o‘tkazilgan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28