Qodirov karantinni buzganlarni jazolashning antiqa usulini taklif qildi
Olam
−
13 aprel 2020 15901 1 daqiqa
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zini izolyatsiya qilish rejimini buzganlarni jazolashning yangi usulini joriy etdi. Unga ko‘ra, qoidabuzarlar ishlagani qishloq xo‘jaligi sohasiga yo‘naltiriladi.
Mamlakat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, qarindoshlaridan birining xatosi uchun butun oilani jazolash adolatsizlikdir. Shuning uchun huquqbuzarlar jamiyat oldidagi qarzini boshqacha tarzda to‘laydi. "U uyda o‘tirmadi va ko‘chaga chiqib ketdi? Mayli, ko‘chaga chiqqisi kelgan bo‘lsa, kun bo‘yi maydonda ishlasin va foyda keltirsin. Biz unga ish topamiz. Dalalarni haydashsin, ekin ekib o‘stirishsin”, dedi Qodirov.
Ramzan Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, qoidabuzarlar butun Rossiya bo‘ylab epidemiya tugaguncha uylariga qaytmaydi.
Qodirov karantin qoidalarini buzuvchilarni bir necha bor tanqid qilgan. 6 aprel kuni Checheniston rahbari xavfsizlik kuchlarini o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimining qoidabuzarini kaltaklagani uchun maqtadi va ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. "Men minglab odamlarni ko‘mishdan ko‘ra, bitta odamni kaltaklash afzal. Shuning uchun qattiq choralar qo‘llayapman. Kerak bo‘lsa, kaltaklayman. Men ularni qamoqxonaga, yerto‘laga tashlayman, lekin o‘z xalqimni himoya qilaman”, dedi Qodirov.
Avvalroq, Checheniston sog‘liqni saqlash vaziri Elxan Sulaymonov, respublikada koronavirus infeksiyasi cho‘qqiga chiqayotganini, may oyining boshlariga kelib, u pasayishidan umid qilayotganini ma’lum qilgan edi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr