Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik ayol daryoga cho‘kib ketdi
3-sahifa
−
26 iyun 4879 1 daqiqa
Qirg‘izistonning Toqtogul tumanida avtomobilning Chichqon daryosiga tushib ketishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, “Sputnik Qirg‘iziston” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joriy yilning 22 iyun kuni yuz bergan. Mashinada to‘rt kishi – uch erkak va bir ayol bo‘lgan.
“Erkaklar mustaqil ravishda suvdan chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan, 45 yoshli ayolni esa oqim oqizib ketgan. To‘rt kundan keyin qutqaruvchilar uning jasadini topib, militsiyaga topshirishd”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Payariq tumanida 3 yoshli bola bog‘cha hududidagi suv havzasiga tushib ketishi oqibatida vafot etgandi.
Live
Barchasi