Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 2 aprel kuni Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila soat 04:28 da sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 345 km janubiy-sharqda joylashgan. Magnituda: 4,2. Chuqurligi: 10 km. Epitsentr: O‘sh, Qirg‘iz Respublikasi. Koordinatalari: 40,7 daraja shimoliy kenglik, 73,26 daraja sharqiy uzunlik. 

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Xonobod tumanida 3 ball, 25 km;
  • Qo‘rgontepa tumanida 3 ball, 34 km;
  • Jalaquduq tumanida 2 ball, 53 km;
  • Xo‘jaobod tumanida 2 ball, 54 km;
  • Buloqboshi tumanida 2 ball, 67 km;
  • Paxtaobod tumanida 2 ball, 75 km;
  • Andijon tumanida 2 ball, 76 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida 3,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing