Qirg‘izistonda erkak xotiniga qaynoq suv sepib, O‘zbekistonga qochib ketdi (video)
Olam
−
12 may 5444 1 daqiqa
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida yashovchi Zarnibo ismli ayol turmush o‘rtog‘i uning yuziga ikki marta qaynab turgan suvni sepib, O‘zbekistonga qochib ketgani haqida ma’lum qildi. U bu haqda shahar hokimi bilan uchrashuvda gapirgan.
Voqea joriy yilning 9 mart kuni sodir bo‘lgan. Jarohatlangan ayol 27 kun davomida shifoxonada davolangan. Uning ta’kidlashicha, bu vaqt davomida eri ham, uning qarindoshlari ham yordam ko‘rsatmagan.
“Men 4 nafar farzand bilan yolg‘iz qoldim. Hech kim shifoxonaga kelmadi, umuman yordam bo‘lmadi. Qaynotam esa “Xohlaganingni qil, men hammani allaqachon sotib olganman”, deya do‘q-po‘pisa qildi”, degan ayol.
Zarnibo Ichki ishlar boshqarmasi rahbariga ham murojaat qilganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqarma boshlig‘i uni ikki marta qabul qilib, ishni nazoratga olishga va’da bergan. Biroq gumonlanuvchi hanuzgacha Qirg‘izistonga olib kelinmagan.
“Militsiya ishlamayapti. Qanday qilib 3 oy davomida bir odamni O‘zbekistondan olib kelisholmaydi?”, deya hokimdan tergovni nazoratga olishni so‘ragan.
Shahar Ichki ishlar boshqarmasi rahbari esa vaziyatdan xabardor ekanini bildirib, gumonlanuvchi tez orada qo‘lga olinib, mamlakatga olib kelinishiga va’da bergan.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust